Meksika terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Gilyermo Ochoa Jahon chempionati–2026 dagi ishtiroki borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men juda faxrlanaman, chunki shunday buyuk futbolchilar bilan bir ro‘yxatdan joy oldim. Endilikda meksikalik futbolchi Ronaldu va Messi bilan bir qatorda turganini faxr bilan aytish mumkin», — deya tajribali posbonning so‘zlarini keltiradi Tyc Sports nashri.
Qayd etish lozimki, Ochoa oltita Jahon chempionatida ishtirok etgan dunyodagi uch nafar futbolchidan biriga aylandi. U bilan bir qatorda jahon futboli yulduzlari — argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ham ushbu natijani qayd etishgan.
O‘z uyida o‘tayotgan mundialning ilk uchrashuvida Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.













