Janubiy Koreya terma jamoasi Chexiyaga qarshi uchrashuvda (2:1) ketma-ket amalga oshirilgan 25 ta aniq uzatmadan so‘ng gol urdi. Opta Sports ma’lumotlariga ko‘ra, bu jahon chempionatlari tarixidagi beshinchi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Avvalgi rekord 2022 yilgi jahon chempionatida Angliya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (6:2) qayd etilgan edi. O‘shanda angliyaliklar Jek Grilishning goli oldidan 35 ta ketma-ket aniq uzatmani amalga oshirishgan.
Janubiy Koreya terma jamoasining 29 yoshli yarim himoyachisi Xvan In Bom 67-daqiqada muhim golni urib, hisobni tenglashtirdi. Shu bilan birga, u bahsdagi eng ko‘p aniq uzatma bergan futbolchi ham bo‘ldi — 73 ta.
Jahon chempionatining 2-turida Janubiy Koreya 19 iyun kuni Meksikaga qarshi maydonga tushadi. Chexiya terma jamoasi esa 18 iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasi bilan kuch sinashadi.













