Germaniyaning «RB Leypsig» klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlashga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, tez orada nemis klubi boshqaruvini 45 yoshli argentinalik mutaxassis Martin Demichelis qo‘lga oladi. «RB Leypsig» rahbariyati ayni paytda Ispaniyaning «Malyorka» klubini boshqarayotgan murabbiyning shartnomasidagi tovon pulini to‘lab, uni sotib olish opsiyasini faollashtirishga qaror qilgan.
Shu tariqa, Demichelis ushbu lavozimda Ole Vernerning o‘rnini egallaydi. Eslatib o‘tamiz, Verner qo‘l ostida «Leypsig» yakunlangan Bundesliga mavsumida kuchli uchlikni (3-o‘rin) band etgan edi.













