Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Barselona» «Real» prezidenti Peresni tuhmat bo‘yicha sudga berish bilan tahdid qildi

«Barselona» «Real» prezidenti Peresni tuhmat bo‘yicha sudga berish bilan tahdid qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi o‘z rasmiy saytida bayonot e’lon qilib, Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresga nisbatan tuhmat bo‘yicha da’vo kiritish niyatida ekanini ma’lum qildi. Agar Peres avvalroq kataloniyaliklar haqida bildirgan fikrlaridan voz kechmasa, klub huquqiy chora ko‘rishini ta’kidladi.

«"Barselona" shuni ma’lum qiladiki, bugun Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peresga nisbatan Ispaniya Jinoyat kodeksining 205-moddasiga muvofiq tuhmat aybi bilan jinoiy shikoyat berishdan oldin majburiy yarashtirish tartibida murojaat qilindi. Bu qaror Peresning 12 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hamda keyingi kuni ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida aytgan bayonotlari bilan bog‘liq.

Ushbu da’voning maqsadi janob Peresni klub imiji va obro‘siga putur yetkazuvchi, tuhmat va haqorat xususiyatiga ega bo‘lgan hamda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ayrim bayonotlarini rad etishga undashdan iborat.

Agar mazkur talab tegishli tarzda ko‘rib chiqilmasa, "Barselona" FK tegishli jinoiy shikoyat bilan murojaat qiladi», — deyiladi kataloniyaliklar bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Florentino Peres «Barselona» va Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Negreyra o‘rtasidagi hamkorlikda korrupsiya alomatlari mavjudligini ta’kidlagan edi. Shuningdek, u mazkur ishga oid hujjatlar UYEFAga ham taqdim etilganini ma’lum qilgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:10, 12.06.2026.
O'qildi: 303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик