Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Bavariya» nemis himoyachisini rekord summada xarid qilishi mumkin — Plettenberg

«Bavariya» nemis himoyachisini rekord summada xarid qilishi mumkin — Plettenberg

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasi himoyachisi Nataniel Braunni transfer qilish ustida faol ish olib bormoqda. Bu haqda insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar hozirda ancha ilgarilagan bosqichda. Transfer qiymati 55 million yevrogacha baholanmoqda va bu nemis himoyachilari orasida rekord summa bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda «Bavariya» va «Ayntraxt» ehtimoliy kelishuv doirasida bonuslar masalasini ham muhokama qilmoqda.

Nataniel Braun «Yan» (Regensburg) va «Nyurnberg» akademiyalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yil yanvar oyida «Ayntraxt» safiga qo‘shilgan. Shuningdek, futbolchi Germaniya terma jamoasida ham to‘p suradi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:48, 12.06.2026.
O'qildi: 1742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик