“Arsenal” va Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba jarohatidan so‘ng hali ham optimal sport formasiga kira olgani yo‘q. 25 yoshli futbolchi payshanba va juma kunlari “uch ranglilar”ning mashg‘ulotlarida qatnashmadi, deb xabar bermoqda L'Equipe nashri.
“Kanonirlar” vakili Fransiya milliy terma jamoasi Bostonga yetib kelgan paytdan beri hali birorta ham mashg‘ulotni umumiy guruhda o‘tkazmadi.
Fransiya terma jamoasi yaqin kunlarda Senegal vakillariga qarshi bahs olib boradi, keyinroq esa Iroq va Norvegiya bilan kuch sinashadi. Ma’lumot uchun, Saliba 8 iyun kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonda 45 daqiqa harakat qilgan edi.













