Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Barselona” sharafini himoya qilayotgan Fransiya terma jamoasidagi sherigi Jyul Kunde bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.
“Hozir biz “PSJ”da o‘ynagan paytlarimdagiga qaraganda bir-birimiz bilan ko‘proq hazillashib, piching qilib turamiz. Oxirgi paytlarda ko‘proq uning gapi ustun kelmoqda, chunki biz “Real” g‘alaba qozona olmayapmiz, lekin Kunde ikkimiz klub ishlari bilan terma jamoadagi o‘yinlarni ajratishni doim bilganmiz. Jyul — ajoyib yigit, u bilan ko‘plab mavzularda, jumladan, siyosat haqida ham gaplashishim mumkin”, — deya Mbappening so‘zlarini Madrid Universal nashri keltiradi.
Fransiyaliklar Jahon chempionatidagi yurishini Senegalga qarshi uchrashuv bilan boshlashadi.













