“PSJ” hujumchisi Usman Dembele “Barselona”ni tark etib, to‘g‘ri ish qilgan deb hisoblaydi.
Fransiyalik futbolchi 2017 yildan 2023 yilgacha kataloniyaliklar safida to‘p tepgan, shundan so‘ng parijliklar safiga ko‘chib o‘tgan edi. Vataniga qaytish forvard uchun katta muvaffaqiyatlar olib keldi: u uch yil ichida ikki bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va “Oltin to‘p” sohibiga aylandi.
“Menimcha, men to‘g‘ri qaror qabul qilganman. O‘shanda “Barselona”dan ketish uchun eng qulay vaqt kelgandi deb hisoblayman. Ha, men bu klubga juda bog‘lanib qolganman va bolaligimdan unga muxlislik qilaman, lekin “PSJ”ga o‘tish to‘g‘ri qadam edi”, — dedi Dembele Marca nashriga bergan intervyusida.
Yakunlangan mavsumda 29 yoshli futbolchi Luis Enrike qo‘l ostidagi jamoa safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













