“Bavariya” yarim himoyachisi Lennart Karl Jahon chempionati boshlanishidan avval qanday qilib jarohat olganini yodga oldi. 18 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasining mundial uchun qaydnomasidan joy olgan edi, biroq yakunda mashg‘ulotdagi jarohat sabab tarkibdan chiqarildi.
“Darvozaga zarba bergan paytimda jarohat oldim. O‘sha zahoti og‘riqni his qildim. Bu men uchun haqiqiy shok bo‘ldi, chunki ushbu turnirdan umidim juda katta edi va unga ajoyib sport formasida yetib kelgandim. Jahon chempionatida o‘ynashni orzu qilgandim, lekin, afsuski, jarohat bunga yo‘l qo‘ymadi. Endi faqat buni qabul qilish va oldinga intilish qoladi”, — dedi Karl Bild nashriga bergan intervyusida.
Yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Germaniya va Kyurasao terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv start oladi.













