Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Mbappe: «Olise kamgap, uning o‘rniga maydonda oyoqlari gapiradi»

Mbappe: «Olise kamgap, uning o‘rniga maydonda oyoqlari gapiradi»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe milliy jamoa vingeri Maykl Olise haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Unda nafosat va o‘yinni ko‘ra bilish qobiliyati bor. Men u bilan juda yaxshi chiqishaman.

Bundan buyon biz faqat fransuz tilida muloqot qilamiz. U bu tilni yaxshi biladi. Uning fe’li shundayki, sizlar — OAV vakillari — uning fransuz tili yaxshilanganmi yoki yo‘qmi, hech qachon bilib ololmaysizlar, chunki u sizlar bilan juda kam gaplashadi (Olise Buyuk Britaniyada tug‘ilib, o‘sha yerda voyaga yetgan).

Bu unga yoqmaydi. Maykl — introvert inson. U kamgap, ammo uning o‘rniga maydonda oyoqlari gapiradi. Uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qiling. Maykl hech qachon o‘zgarmaydi. Olise nafaqat ajoyib futbolchi, balki juda yaxshi inson ham», — dedi Mbappe.

Mbappening so‘zlarini L'Équipe nashri keltirmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 12:04, 13.06.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик