1982 yilgi Jahon chempioni Marko Tardelli FIFA prezidenti Janni Infantinoning so‘zlaridan g‘azabda. Infantino Italiya terma jamoasi turnirga yo‘llanma olishi uchun Jahon chempionati ishtirokchilari ro‘yxatini yana kengaytirish vaqti keldi, qabilida hazil qilgan edi.
«Bu Italiyaga nisbatan hurmatsizlikdir. Infantino bunday ohangda va bunday tarzda gapirishga haqqi yo‘q edi», — deya Tardellining so‘zlarini italiyalik jurnalist Nikolo Skira keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar ketma-ket uchinchi marta Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishmoqda. Ma’lumot uchun, Infantinoning o‘zi ham millatiga ko‘ra italiyalik hisoblanadi.













