Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 2-0 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 0-2 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Bavariya» o‘z futbolchisini sotish uchun uning narxini tushirdi

«Bavariya» o‘z futbolchisini sotish uchun uning narxini tushirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Joau Palinya shu yozning o‘zidayoq «Sporting»ga qaytishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda. Lissabon klubi portugaliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda ijara huquqi asosida to‘p surgan «Tottenxem» klubi ham xavbekka da’vogarlik qilmoqda. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, myunxenliklar futbolchi uchun so‘ralayotgan summani 30 milliondan 25 million yevrogacha kamaytirishga tayyor.

Palinyaning o‘zi «Bavariya» murabbiylar shtabining rejalariga kirmaydi, vaholanki 2024 yilning yozida Germaniya klubi uning transferi uchun 51 million yevro to‘lagan edi.

Ta’kidlanishicha, 30 yoshli futbolchi o‘z oilasiga yaqinroq bo‘lishni istayotgani sababli «Sporting»ga qaytish variantiga ijobiy yondashmoqda.

Kiritildi: 18:03, 13.06.2026.
O'qildi: 1541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик