Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Danilu Santos JCH-2026 final bosqichi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Marokashga qarshi o‘yindagi durang (1:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Durang adolatli natija bo‘ldi, chunki ikkinchi bo‘limda biz ularni ortga chekinishga majbur qila oldik. To‘g‘risi, bizda ko‘proq gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lgandi. Nazarimda, bunday maqomdagi o‘yinlarda biz sovuqqonroq harakat qilishimiz kerak. Agar imkoniyat yuzaga keldimi, undan foydalanish lozim — futbol shunday tuzilgan», — deya 25 yoshli futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) rasmiy sayti.
2-turda, 20 iyun kuni Braziliya Gaitiga qarshi maydonga tushadi.













