Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor 0-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«PSJ» va APLning ikki grandi Marokash terma jamoasining yosh yulduzi uchun kurashmoqda

«PSJ» va APLning ikki grandi Marokash terma jamoasining yosh yulduzi uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

«Lill» klubi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayyub Buaddi Yevropa grandlarining e’tiborini tortdi. 18 yoshli futbolchi jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Braziliyaga qarshi o‘yinda (1:1) ishonchli harakat qilib, hammani o‘zi haqida gapirishga majbur etdi.

Insayder Fabrisio Romanoning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ» vakillari istiqbolli yarim himoyachi bo‘yicha allaqachon so‘rov yuborishgan. Parij klubi futbolchining iqtidoriga lol qolgan, biroq yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni ustuvor vazifa deb hisoblamagani uchun transferga shoshilmayapti.

Buaddi uchun kurashga, shuningdek, marokashlik futbolchining agenti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borayotgan Angliyaning «Arsenal» va «Liverpul» klublari ham qo‘shilishga tayyor. «Lill» yulduzining transfer bahosi Transfermarkt portali tomonidan 50 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 12:05, 14.06.2026.
O'qildi: 2053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик