«Napoli» yarim himoyachisi Kevin de Bryoyne shu yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Mirko Nikolinoning xabar berishicha, belgiyalik futbolchi o‘z xizmatlarini «Yuventus»ga taklif qilgan. Bu birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q: futbolchi «Napoli» bilan shartnoma imzolashidan oldin ham Turin klubiga o‘tishni istagan edi. Hozirgi vaqtda «Yuventus»ning De Bryoyne transferi borasidagi pozisiyasi vazminligicha qolmoqda.
Kevin de Bryoyne 2025 yilda erkin agent sifatida «Manchester Siti»dan «Napoli»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda belgiyalik futbolchi Neapol klubi safida barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













