Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

De la Fuente Yamal JCH-2026 ning ochilish uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi safida o‘ynashga tayyor ekanligini ma’lum qildi

De la Fuente Yamal JCH-2026 ning ochilish uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi safida o‘ynashga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente milliy jamoa yarim himoyachisi Lamin Yamal a’lo darajadagi sport formasida ekanligini va ispanlarning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinida maydonga tushishi mumkinligini aytdi.

18 yoshli vinger 22 aprel kuni La Liganing 33-turidan o‘rin olgan «Selta»ga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan edi. U 11 iyun kuni Ispaniya terma jamoasining umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

«Barcha futbolchilar yaxshi holatda, ayniqsa Lamin. Uni ikkinchi bo‘limda maydonga tushirishni rejalashtiryapmanmi? Buni o‘zim hal qilishimga qo‘yib bering. Lamin benuqson sport formasida va aynan biz xohlagan vaqtda yetib keldi. Hozirning o‘zidayoq ayta olamanki, barcha futbolchilar o‘yinga tayyor. Kimdir, balki, butun uchrashuvni o‘tkaza olmas, lekin men alohida ta’kidlashni istardim: eng yaxshi yangilik — barcha futbolchilar safda», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Ispaniya terma jamoasi 15 iyun kuni Jahon chempionati doirasida Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi. Ispanlar 21 iyun kuni Saudiya Arabistoni bilan, 27 iyun kuni esa Urugvay bilan kuch sinashishadi.

Kiritildi: 07:46, 15.06.2026.
O'qildi: 236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик