Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Noyer Germaniyaning JCH-2026 da Kyurasaoga qarshi o‘yini haqida: «Yirik turnirlarda doim muvaffaqiyatli start olish o‘ta muhim»

Noyer Germaniyaning JCH-2026 da Kyurasaoga qarshi o‘yini haqida: «Yirik turnirlarda doim muvaffaqiyatli start olish o‘ta muhim»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer 2026 yilgi Jahon chempionati «E» guruhi 1-turidan o‘rin olgan Kyurasao terma jamoasiga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba (7:1) haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bahs 14 iyun kuni AQSHning Xyuston shahridagi «NRG Stadium» stadionida bo‘lib o‘tdi va nemislarning 7:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Germaniya ushbu natija orqali turnirning final bosqichlarida urilgan gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi (239 ta gol).

«Men bu kunni juda uzoq kutdim va maydonga tushishga qat’iy ahd qilgandim. Yirik turnirlarda doim muvaffaqiyatli start olish o‘ta muhim hisoblanadi. Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik va ko‘plab gollar urdik. Zaxiradan maydonga qo‘shilgan futbolchilar o‘yinga ajoyib energiya olib kirishdi. Biz bir daqiqa bo‘lsa ham keyingi golni urish imkoniyatini qidirishdan to‘xtamadik», — deya Noyerning so‘zlarini keltiradi Bayern&Germany nashri.

Shuningdek, 40 yoshli darvozabon Kyurasao terma jamoasi tomonidan kiritilgan golga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Men ushbu zarbani qaytarmoqchi edim, ammo to‘p rikoshetdan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirdi, masofa esa reaksiya ko‘rsatish uchun juda qisqalik qildi. Bu shunchaki baxtsiz hodisa edi», — deya qo‘shimcha qildi u.

20 iyun kuni Germaniya Jahon chempionati doirasida Kot-d'Ivuarga qarshi maydonga tushadi, 25 iyun kuni esa Ekvador bilan kuch sinashadi. Futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo‘lib o‘tmoqda va 19 iyul kuni yakuniga yetadi.

Kiritildi: 07:54, 15.06.2026.
O'qildi: 211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик