Eron terma jamoasi sardori Mehdi Taremi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yin oldidan siyosiy mavzularda savol bergan jurnalistlarga keskin javob qaytardi.
Futbolchi bo‘lajak uchrashuvning bevosita o‘zi haqida birorta ham savol berilmaganiga e’tibor qaratdi.
«Siyosatga kelsak, siyosiy matbuot anjumanlari uchun boshqa shaharlarga borish kerak. Biz Yangi Zelandiyani juda hurmat qilamiz va chiroyli o‘yin namoyish etishni istaymiz», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.
Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi Meksikada istiqomat qilmoqda, biroq guruh bosqichidagi barcha uchta uchrashuvini AQSH hududida o‘tkazadi.













