Madridning «Real» klubi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng tarkibni kuchaytirishga jiddiy kirishdi. «Qaymoqranglilar» allaqachon Denzel Dyumfris, Ibraima Konate, Bernardu Silva va Mark Kukurelyaning transferlarini kelishib bo‘lishdi.
«Chelsi»ning ispaniyalik himoyachisi (uning tez orada Madridga o‘tishi yakshanba kuni ma’lum bo‘lgandi) «qirollik klubi»ning bu yozdagi so‘nggi xaridi bo‘lmaydi. Taniqli insayder va jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Real» transfer bozoridagi ishlarini hali yakunlagani yo‘q. Madrid grandi rahbariyati tarkibga yana bir yoki bir nechta yangi futbolchilarni jalb qilish niyatida.
Yaqindagina Joze Mourinyo qo‘l ostidagi jamoaga o‘tish istagini xuddi shu «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Enso Fernandes ham bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













