Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Argentina terma jamoasi Jazoirga qarshi o‘yin uchun asosiy hujumchisini tanladi

Argentina terma jamoasi Jazoirga qarshi o‘yin uchun asosiy hujumchisini tanladi

Baho:
+ | -

Argentina milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini Jazoirga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv chorshanba kuni, 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Taniqli insayder Gaston Edulning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «albiseleste»ning asosiy tarkibidan Lautaro Martines joy olishi kutilmoqda. Ko‘rinishidan, bosh murabbiy Lionel Skaloni «Inter» klubi sardorini boshqa hujumchilardan ustun ko‘rgan.

Guruh bosqichining ikkinchi va uchinchi turlarida argentinaliklar Avstriya va Iordaniya terma jamoalari bilan kuch sinashadilar — ushbu bahslar mos ravishda 22 va 28 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Avvalgi mundial finalida ular Fransiya terma jamoasini mag‘lub etishgan edi.

Kiritildi: 12:31, 15.06.2026.
O'qildi: 1438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик