Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

«Manchester Yunayted» Tonali transferi bo‘yicha bir qarorga keldi

«Manchester Yunayted» Tonali transferi bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» klubi yarim himoyachisi Sandro Tonalining «Manchester Yunayted»ga o‘tish ehtimoli juda past.

Transfer News Live nashri insayder Fabrisio Romanoga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» «qarg‘alar»ning 26 yoshli yulduzini sotib olish fikridan voz kechishgan. Bunga futbolchi uchun belgilangan transfer narxining haddan tashqari yuqori deb topilgani sabab bo‘lgan. Mankunianliklar rahbariyati e’tiborni moliyaviy jihatdan qulayroq bo‘lgan boshqa nomzodlarga qaratishga qaror qildi.

Qayd etilishicha, Sandro Tonali va Lyuis Xollning transferlari «MYU»ga umumiy hisobda 140-150 million yevroga tushishi mumkin edi. Shunga qaramay, italiyalik futbolchidan farqli o‘laroq, angliyalik chap qanot himoyachisi Xoll hamon Manchester grandining qiziqishlar doirasida qolmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Tonali «Nyukasl» safida barcha musobaqalarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:30, 15.06.2026.
O'qildi: 1648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик