Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

FIFA yangi turnirning ochilish o‘yinida Isroil — Falastin bahsini o‘tkazmoqchi

FIFA yangi turnirning ochilish o‘yinida Isroil — Falastin bahsini o‘tkazmoqchi

Baho:
+ | -2
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi yangi xalqaro futbol festivalining ochilish o‘yini sifatida Isroil va Falastin o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda The Athletic nashri.

Yangi turnir 2026 yil sentyabr oyida AQSHda bo‘lib o‘tadi va FIFA homiyligidagi bunday formatdagi ilk loyiha hisoblanadi. Musobaqada tashkilot tarkibiga kiruvchi 211 ta milliy assosiasiya ishtirok etishi mumkin.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino aynan Isroil va Falastin jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv turnirga start berishini istamoqda. Bu tashabbus futbol orqali tomonlar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yishga urinish sifatida baholanmoqda.

Avvalroq Vankuver shahrida bo‘lib o‘tgan FIFA kongressida Infantino Isroil va Falastin futbol assosiasiyalari vakillarining sahnada birgalikda paydo bo‘lishini tashkil etishga harakat qilgan edi. Biroq o‘shanda tomonlar bir-biri bilan qo‘l berib ko‘rishmagan.

Isroil futbol federasiyasida bunday uchrashuv g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi.

«Biz har qachongidan ham ko‘proq futboldan munosabatlarni normallashtirish va tinchlikni targ‘ib qilish vositasi sifatida foydalanishga tayyormiz. Barcha uchun yaxshiroq kelajak yo‘lida qo‘llarimiz doimo ochiq», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Ayni vaqtda Falastin futbol assosiasiyasi FIFAning taklifiga rasmiy javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar uchun yangi festivalni tashkil etish haqidagi qaror FIFA kengashi tomonidan o‘tgan yilning dekabr oyida qabul qilingan. Uchrashuvlar kichraytirilgan maydonlarda, har bir jamoa tarkibi yetti nafardan to‘qqiz nafargacha bo‘lgan formatda o‘tkaziladi. Ilk turnir o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilsa, 2027 yilda xuddi shunday musobaqa qizlar jamoalari uchun ham o‘tkaziladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 22:30, 15.06.2026.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик