Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Manchester Yunayted» yana «Barselona» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

«Manchester Yunayted» yana «Barselona» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yana bir bor «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasadoga e’tibor qaratmoqda.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 22 yoshli xavbek Maykl Karrik keyingi mavsum uchun bosh murabbiy etib tasdiqlanganidan so‘ng, yana «qizil iblislar»ning qiziqishlar doirasiga tushib qolgan. Shu bilan birga, Angliya klubi hozircha kataloniyaliklarga rasmiy taklif yubormagani ta’kidlanmoqda.

Avvalroq, «Barselona» Kasadoni ma’lum bir summa evaziga sotishga tayyor ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Shuningdek, yarim himoyachining o‘zi boshqa bir Ispaniya klubida o‘ynashni istayotgani aytilgandi.

Yakunlangan mavsumda Kasado barcha musobaqalarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 16:38, 16.06.2026.
O'qildi: 2358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик