O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov intervyu berib, Kolumbiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Niderlandiya bilan o‘yinda o‘zimizning taktik xatolar tufayli raqiblarda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi. Bo‘lajak o‘yinlarda personal xatolar bo‘lmasa, Xudo xohlasa natija yaxshi bo‘ladi. Kabo-Verde va Avstraliya kabi xatosiz o‘ynasak, natijaga imkon bo‘ladi. Bizda ham o‘yin davomida vaziyatlar bo‘lishiga ishonaman", dedi Ashurmatov.
O‘zbekiston Jahon chempionatini 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 7:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.













