Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

«Barselona» «Manchester Siti» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Barselona» «Manchester Siti» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi, o‘tgan mavsumni ijara asosida «Jirona»da o‘tkazgan Vitor Reys Ispaniyada qolishi mumkin. Bu haqda Sport.es jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklarning «Barselona» klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» ustozi Xans-Diter Flik ushbu o‘yinchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

La Liga chempioni Reysni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtiryapti. 20 yoshli himoyachining bozor bahosi 30 million yevroga baholanmoqda.

Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida Vitor 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Himoyachi o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan, shuningdek, 8 ta sariq kartochka olib, bir bor maydondan chetlatilgan.

Kiritildi: 17:04, 16.06.2026.
O'qildi: 4490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик