Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Anri Vozinya haqida: «40 yoshli darvozabon bitta o‘yin ichida JCH sensasiyasiga aylandi»

Anri Vozinya haqida: «40 yoshli darvozabon bitta o‘yin ichida JCH sensasiyasiga aylandi»

Baho:
+3 | -

Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Tyerri Anri JCH-2026 1-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Kabo-Verde (0:0) terma jamoalari o‘rtasidagi durang o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘sha uchrashuvda 7 ta seyv amalga oshirgan 40 yoshli darvozabon Vozinya o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

«Keling, tan olaylik: agar Vozinya bo‘lmaganida, biz katta ehtimol bilan Ispaniyaning ishonchli g‘alabasi haqida gapirayotgan bo‘lardik. Gap bitta o‘yin ichida jahon chempionatining sensasiyasiga aylangan darvozabon haqida ketmoqda.

Odamlar futbol faqat to‘purarlar va superyulduzlar atrofida aylanadi deb o‘ylashadi. Ammo keyin mana shunday oqshom kirib keladi va 40 yoshli darvozabon jahon chempionatining bosh yangiligiga aylanadi. Vozinya shunchaki Ispaniyaning zarbalarini qaytarib qolmadi — u butun bir millatning g‘alabani nishonlashiga yo‘l qo‘ymadi. Uning har bir seyvi avvalgisidan ko‘ra muhimroq tuyuldi», — deya ta’kidladi fransuz.

Shu bilan birga, Anri Ispaniya terma jamoasi turnir davomida o‘z o‘yinini kuchaytirib borishiga ishonmoqda.

Kiritildi: 17:09, 16.06.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик