Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

«Inter» Djons bo‘yicha birinchi taklifini yubordi

«Inter» Djons bo‘yicha birinchi taklifini yubordi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachi Kyortis Djonsning transferi borasida «Liverpul» bilan muzokaralarni boshladi va ingliz klubiga ilk rasmiy taklifini yubordi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

«Neradzurri» 25 yoshli xavbek uchun 20 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq bu summa hozircha o‘z tarbiyalanuvchisini 30 million yevroga baholayotgan «Liverpul» rahbariyatini qoniqtirmayapti.

«Inter»ning Djonsga bo‘lgan qiziqishi yangilik emas. Milanliklar futbolchini shu yilning yanvar oyidayoq sotib olishga urinib ko‘rishgan edi, endi esa yangi mavsum boshlangunga qadar kelishuvni yakunlash umidida muzokaralarga qaytishdi. Ingliz yarim himoyachisining «Liverpul» bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi, biroq futbolchining o‘zi, xabarlarga ko‘ra, Italiyaga ko‘chib o‘tish variantini inkor etmayapti.

«Inter» rahbariyati kelishuvga erishish uchun taklif qilinayotgan summani oshirishga to‘g‘ri kelishini tushunib turibdi. Klub yaqin kunlarda «Liverpul» bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida.

Kiritildi: 18:11, 16.06.2026.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик