Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

JCH-2026. Fransiya Senegalni mag‘lub etdi

JCH-2026. Fransiya Senegalni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati «I» guruhi 1-turidan o‘rin olgan Fransiya va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Jamoalar «Metlayf» stadionida to‘p surishdi. Bosh hakam sifatida Alirizo Fag‘oniy faoliyat olib bordi. Yevropaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 66-daqiqasida Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe vinger Maykl Olisening uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan vinger Bredli Barkola fransuzlarning ikkinchi golini urdi. 90+5-daqiqada hujumchi Ibrahim Mbaye hisobdagi farqni qisqartirdi. 90+6-daqiqada esa Mbappe dublni rasmiylashtirdi.

«I» guruhining 2-turida Fransiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to‘qnash keladi. Senegal 2-turda Norvegiya (23 iyun), 3-turda esa Iroq (26 iyun) bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 02:44, 17.06.2026.
O'qildi: 1400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик