Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Astana» o‘zbekistonlik futbolchi bilan xayrlashdi

«Astana» o‘zbekistonlik futbolchi bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -1

Qozog‘istonning "Astana" klubi o‘zbekistonlik qanot hujumchisi Asilbek Abdurasulov bilan hamkorlik yakunlanganini rasman e’lon qildi.

18 yoshli futbolchi joriy yilning aprel oyida "G‘azalkent" jamoasidan ijara asosida «Astana» safiga qo‘shilgan edi. U poytaxt klubi tarkibida jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shularning 5 tasi Qozog‘iston Premyer-ligasi doirasida bo‘lib, futbolchi samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.

Klub matbuot xizmati quyidagi bayonotni e’lon qildi:

«Asilbekka klubimizda o‘tkazgan vaqti uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz».

Qayd etish joiz, Qozog‘iston Premyer-ligasi-2026 mavsumining 13 turidan so‘ng bosh murabbiy Grigoriy Babayan boshqarayotgan «Astana» 22 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 17:05, 17.06.2026.
O'qildi: 2511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик