Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Barselona» Yamalning o‘rinbosarini sotib yuborishi mumkin

«Barselona» Yamalning o‘rinbosarini sotib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik keyingi mavsum uchun Lamin Yamalning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Gabriel Sans xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda Runi Bardji Yamalga asosiy o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda, biroq «Barselona» shvesiyalik futbolchini sotishga tayyor. Shunga qaramay, bir nechta klublar tomonidan qiziqishlar bo‘layotganiga qaramasdan, «ko‘k-anorranglilar» hali birorta ham aniq taklif olishmadi. Runining kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Yakunlangan mavsumda 20 yoshli Bardji barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani rasmiylashtirdi.

Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:32, 17.06.2026.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик