«Milan» oxirgi ikki yil ichida uchinchi bor portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiylikka tayinladi. Endi jamoada «Manchester Yunayted» jamoasi sobiq ustozi Ruben Amorim ishlaydigan bo‘ldi. U «Milan»ning 1899 yildan boshlangan butun tarixidagi o‘n yettinchi xorijlik murabbiydir.
Jamoa boshqaruvidagi ilk chet ellik mutaxassis ingliz Gerbert Kilpin bo‘lib, u klubni 1899 yildan 1906 yilgacha boshqargan. Qizig‘i shundaki, u hanuzgacha «Milan»da eng uzoq — yetti yil davomida faoliyat yuritgan xorijlik murabbiy bo‘lib qolmoqda. Qolgan barcha holatlarda bu muddat ko‘pi bilan uch yilni tashkil etgan.
So‘nggi murabbiylar — Paulu Fonseka va Serjiu Konseysau esa klubda bor-yo‘g‘i yarim yildangina chidashdi, xolos.













