Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Modrich – yirik turnirlarda qatnashish soni bo‘yicha Yevropada ikkinchi futbolchi, undan ko‘p ko‘rsatkich faqat bir o‘yinchida bor

Modrich – yirik turnirlarda qatnashish soni bo‘yicha Yevropada ikkinchi futbolchi, undan ko‘p ko‘rsatkich faqat bir o‘yinchida bor

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi yetakchisi Luka Modrich yirik xalqaro turnirlarda (Jahon va Yevropa chempionatlari) ishtirok etish soni bo‘yicha futbol tarixidagi ikkinchi yevropalik o‘yinchiga aylanadi.

Angliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushgach, Modrichning hisobidagi yirik turnirlar soni 10 taga yetadi. Bundan ko‘proq yirik musobaqada faqatgina 41 yoshli Krishtianu Ronaldu ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba oqshomida Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda  Kongo DRga qarshi o‘yinni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Joau Neveshning goliga Yoan Vissa javob qaytardi.

Angliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18 iyun kuni soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 00:30, 18.06.2026.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик