Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/06 01:00 Kyurasao 0-2 Kot-d'Ivuar
26/06 01:00 Ekvador 2-1 Germaniya
26/06 04:00 Yaponiya 1-1 Shvesiya
26/06 04:00 Tunis 1-3 Niderlandiya
26/06 07:00 Turkiya 3-2 AQSh
26/06 07:00 Paragvay 0-0 Avstraliya
26/06 23:59 Norvegiya 1-4 Fransiya
26/06 23:59 Senegal 5-0 Iroq
27/06 05:00 Urugvay 0-1 Ispaniya
27/06 05:00 Kabo-Verde 0-0 Saudiya Arabistoni
27/06 08:00 Misr 1-1 Eron
27/06 08:00 Yangi Zelandiya 1-5 Belgiya
28/06 02:00 Panama - Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya - Gana
28/06 04:30 Kongo DR - O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya - Portugaliya
28/06 08:00 Jazoir - Avstriya
28/06 08:00 Iordaniya - Argentina

Riolo: «Ronaldu — JCH-2026 da Portugaliya terma jamoasi uchun ortiqcha yuk»

Riolo: «Ronaldu — JCH-2026 da Portugaliya terma jamoasi uchun ortiqcha yuk»

Baho:
+ | -

Fransiyalik jurnalist Daniel Riolo Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Jahon chempionati-2026 1-turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi o‘yindagi (1:1) harakatlarini keskin tanqid ostiga oldi.

«Krishtianu Ronaldu — bu ortiqcha yuk. Portugaliya maydonda 10 nafar futbolchi va oldinda turgan bitta ustun bilan o‘ynadi. Messi va Ronaldu o‘rtasidagi farq shundaki, Leo o‘zining 20 yoshda emasligini, yoshi mana 40 ga yaqinlashib qolganini va faoliyati yakuniga yetayotganini yaxshi tushunadi. U o‘zini shunga yarasha tayyorlaydi, jamoa va murabbiy ham mana shu reallik bilan yashab, unga hamda uning jamoa muvaffaqiyatiga qanday qilib eng yaxshi hissa qo‘sha olishiga moslashadi.

Ronaldu esa o‘z xayoliy dunyosida yashaydigan inson. U hali ham 25 yoshdaman, hamon top-klubda o‘ynayapman, qarimadim va avvalgi darajamda chiqish qilyapman, deb o‘ylaydi. Natijada, ular jamoani Ronalduning kuchli tomonlari atrofida emas, balki uning zaif jihatlariga qarab qurishmoqda», — deya Rioloning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RMC Sport.

41 yoshli Ronaldu maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, biroq birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2026 ning ilk turida Lionel Messining xet-triki evaziga Jazoirni tor-mor etdi (3:0). 38 yoshli argentinalik yulduz Jahon chempionatlaridagi gollari soni bo‘yicha Miroslav Klozening mutlaq rekordiga tenglashib oldi — ularning hisobida 16 tadan gol mavjud.

JCH-2026 ning ikkinchi turida portugaliyaliklar O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:43, 18.06.2026.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик