Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

"Xatolar bo‘ldi, ular ustida ishlaymiz" — Kannavaro Kolumbiyaga qarshi tarixiy uchrashuvni baholadi

"Xatolar bo‘ldi, ular ustida ishlaymiz" — Kannavaro Kolumbiyaga qarshi tarixiy uchrashuvni baholadi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kolumbiyaga qarshi kechgan jahon chempionatidagi debyut uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va jamoasining o‘yiniga baho berdi.

"Uchrashuv juda qiziqarli o‘tdi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda biz o‘yinni o‘zgartirishga erisha oldik. Chap qanotni faollashtirgan holda qator xavfli vaziyatlar yaratdik va o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik.

Avvalambor, biz O‘zbekistonni butun dunyoga ijobiy tomondan namoyish etish uchun bu yerga keldik. Men doim shogirdlarimga o‘yin davomida faol harakat qilish kerakligini uqtirib kelaman. To‘g‘ri, Kolumbiya singari yuqori darajadagi jamoalarga qarshi to‘psiz harakat qilish aslo oson emas. Umuman olganda, ikkinchi taymda yaxshi harakat qildik, biroq afsuski, yakunda gol o‘tkazib yubordik.

Nima bo‘lganda ham, biz ushbu stadionda o‘tgan uchrashuvni bir umr eslab qolamiz. Chunki bu mamlakatimiz uchun tarixiy o‘yindir. Biz Jahon chempionatidamiz va bugungi bahs biz uchun yaxshi tajriba bo‘ldi, deb ayta olaman. O‘yinda xatolar ham ko‘zga tashlandi, endi ular ustida jiddiy ishlaymiz", - dedi Kannavaro.

Kiritildi: 09:47, 18.06.2026.
O'qildi: 2725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик