Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Fabio Kannavaro: "Futbolchilarim ko‘rsatgan o‘yindan g‘ururlanaman"

Fabio Kannavaro: "Futbolchilarim ko‘rsatgan o‘yindan g‘ururlanaman"

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z shogirdlarining harakatlariga yuqori baho berdi.

"Men futbolchilarimdan chin dildan g‘ururlanaman. Ular bugun maydonda juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Tan olish kerak, bugun biz uchun har tomonlama o‘ta qiyin uchrashuv bo‘ldi. Bunday muhtasham stadionda, raqibni tinimsiz qo‘llab-quvvatlab turgan ko‘p ming sonli muxlislar qarshisida to‘p surish hech bir jamoaga oson emas.

Biroq, boshqa tomondan olib qaraganda, bunday atmosfera futbolchiga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi va maydonda yanada ko‘proq motivasiya berishi ham mumkin", — dedi italiyalik mutaxassis.

Kiritildi: 09:51, 18.06.2026.
O'qildi: 3235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик