Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Puerta Kolumbiyaning O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng fikr bildirdi

Puerta Kolumbiyaning O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng fikr bildirdi

Baho:
+ | -

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Kolumbiya terma jamoasi O‘zbekiston ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija haqida kolumbiyaliklar yarim himoyachisi Gustavo Puerta o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

«Murabbiy mendan hamisha maydonda agressiv harakat qilishni so‘raydi. Biz yarim himoyada juda ajoyib ishladik. Jahon chempionatidagi o‘yinda golli uzatma muallifiga aylanganimdan juda ham xursandman», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltirmoqda Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) matbuot xizmati.

Dastlabki uchrashuvdan so‘ng Kolumbiya 3 ochko jamg‘arib, o‘z guruhida peshqadamga aylanib oldi. Jamoa mundialdagi navbatdagi bahsini Portugaliyadan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘lgan DR Kongo terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:40, 18.06.2026.
O'qildi: 11967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик