2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi dastlabki uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiya terma jamoasidan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu natija haqida taniqli sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev o‘z fikrini bildirdi.
«O‘zbekiston futbol bo‘yicha Jahon chempionatida hali o‘z so‘zini aytadi va kerakli natijani qo‘lga kiritadi! Porla, Toshkent, futbol sharqining yulduzi!» — deb yozdi sharhlovchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasining yagona goliga yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.
Jahon chempionatidagi navbatdagi bahsda Fabio Kannavaro shogirdlari Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.













