Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Real» Munyosning «Liverpul»ga o‘tishidan so‘ng muhim shartdan mahrum bo‘ladi

«Real» Munyosning «Liverpul»ga o‘tishidan so‘ng muhim shartdan mahrum bo‘ladi

Baho:
+ | -1

«Osasuna» klubining 22 yoshli vingeri Viktor Munyos yaqin orada «Liverpul»ga ko‘chib o‘tadi. Mersisaydliklar futbolchining «Nyukasl» bilan olib borayotgan muzokaralariga so‘nggi pallada aralashib, uni ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, bundan avval «Nyukasl» bilan Munyosni qat’iy belgilangan summa evaziga qayta sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan «Real Madrid» klubi, futbolchi «Liverpul»ga o‘tganidan keyin bunday imkoniyatga ega bo‘lmaydi.

Shunday bo‘lsa-da, agar boshqa klublardan Munyos bo‘yicha takliflar tushsa, «qaymoqranglilar» futbolchini birinchi navbatda sotib olish (ustuvor transfer) huquqini saqlab qolishadi. Bundan tashqari, Ispaniya grandi «Osasuna»dan 20 million yevro qabul qilib oladi, chunki ular vingerga bo‘lgan huquqlarning 50 foiziga egalik qilishadi.

Shu bilan birga, agar «Real» ushbu ustuvor sotib olish huquqidan foydalanishga qaror qilgan taqdirda ham, yakuniy qaror baribir Munyosning o‘ziga bog‘liq bo‘lishi alohida ta’kidlangan.

Kiritildi: 12:56, 18.06.2026.
O'qildi: 2384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик