Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Atletiko» Alvaresni «PSJ»ga sotishni ma’qulladi — «Barselona» bundan xabardor, ammo xavotirda emas

«Atletiko» Alvaresni «PSJ»ga sotishni ma’qulladi — «Barselona» bundan xabardor, ammo xavotirda emas

Baho:
+ | -

Xulian Alvaresning transfer ertagi davom etmoqda. «Atletiko» rahbariyati hujumchini «Barselona»ga qo‘yib yuborishni istamayapti, biroq argentinalik futbolchining o‘zi faqatgina Kataloniya klubiga o‘tishni xohlamoqda.

Taniqli jurnalist Fernando Poloning xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» «matraschilar»ning yaqinda «PSJ» klubi bilan Alvares borasida olib borgan muzokaralaridan to‘liq xabardor. Madridliklar Parij klubining taklifiga rozilik javobini berishgan, ammo futbolchining o‘zi bu transferni qat’iyan rad etgan — u hali ham «Barsa»ga o‘tishdan umid qilmoqda.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, «Barselona» rahbariyati 26 yoshli hujumchining transferini baribir amalga oshira olishiga ishonmoqda. Chunki futbolchining o‘zi juda qat’iy qarorga kelgan va transfer jarayonida shaxsan faol ishtirok etmoqda. Bu vaziyat Jahon chempionati yakuniga yetmaguncha to‘liq oydinlashmasa kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Atletiko» klubi «Barselona»ning 100 million yevrolik taklifini qoniqarsiz deb topgan edi. Shuningdek, 150 million yevro taklif qilgan Madridning «Real» klubiga ham rad javobi berilgan.

Kiritildi: 13:18, 18.06.2026.
O'qildi: 4303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик