«Fenerbaxche» Ismoil Kartalni jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda Fanatik portali xabar bermoqda.
65 yoshli mutaxassis bilan shartnoma bir yilga mo‘ljallangan. Bu Kartal uchun Istanbul klubi boshqaruvidagi to‘rtinchi davr hisoblanadi.
Domeniko Tedesko ketganidan keyin rahbariyat uzoq vaqt davomida yangi ustoz qidirdi, biroq yakunda muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan murabbiy nomzodida to‘xtaldi. Kartalga jamoaning sobiq hujumchisi Dirk Kyoyt yordam beradi, u birinchi assistent lavozimini egallaydi.
«Fenerbaxche»ga qaytish men uchun katta sharaf. Muxlislarimizni uyatga qoldirmaslik uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Ishqibozlarimiz oldida qarzimiz bor — bu chempionlik unvoni», — dedi Kartal tayinlovdan so‘ng.
Murabbiy, shuningdek, klubdagi avvalgi faoliyatini ham eslab o‘tdi, o‘shanda jamoa Turkiya chempionatida rekord darajadagi 99 ochko jamg‘arib, 99 ta gol urgan edi.
Yakunlangan mavsumda jamoa «Galatasaroy»dan 4 ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda marraga yetdi.













