Kot-d’Ivuar terma jamoasi hujumchisi Elye Vai jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Germaniyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. GFFN nashrining xabar berishicha, 23 yoshli forvardga o‘yin bo‘lib o‘tadigan Kanada hududiga kirishga ruxsat berilmagan.
Bundan ikki hafta oldin Vai Fransiyada hibsga olingan edi. Tergov organlari mamlakat chempionati doirasidagi «Nissa» va «Mes» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni o‘rganmoqda, o‘sha o‘yinda futbolchi sariq kartochka olgandi. Qayd etilishicha, ushbu bahsga shubhali darajada ko‘p miqdorda garovlar (stavkalar) tikilgan.
Tergov harakatlari olib borilayotganiga qaramay, futbolchiga hozircha hech qanday ayblov qo‘yilmagan. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limidagi so‘roqdan so‘ng, unga jahon chempionatiga borishga ruxsat berilgandi. Futbolchi AQSHda bo‘lib o‘tgan 1-tur uchrashuvida maydonga tushgan edi.













