Milanning «Inter» klubi himoyachi Marko Palestra transferi bo‘yicha «Atalanta»ga rasmiy so‘rov yubordi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Taklif etilgan summa kafolatlangan 45 million yevro hamda bonus ko‘rinishidagi yana 5 million yevroni tashkil etmoqda. Qayd etilishicha, shartnomaning shaxsiy shartlari allaqachon kelishib bo‘lingan va to‘liq yopilgan.
Futbolchi «Inter»ga o‘tishni talab qilmoqda. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, biroq Milan klubi bitim muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda.
Yakunlangan mavsumda Palestra ijara asosida «Kalyari» tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 3 ta ogohlantirish (sariq kartochka) oldi.













