Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Qozog‘istonlik futbol mutaxassisi Portugaliya terma jamoasining JCH-2026dagi muvaffaqiyatiga ishonmaydi

Qozog‘istonlik futbol mutaxassisi Portugaliya terma jamoasining JCH-2026dagi muvaffaqiyatiga ishonmaydi

Baho:
+2 | -

Qozog‘istonlik taniqli futbol mutaxassisi Almas Kulshinbayev Portugaliya terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlarini Kongo bilan qayd etilgan durangdan (1:1) keyin baholadi.

— Tarkib bo‘yicha Portugaliya ushbu jahon chempionatida eng yulduzli jamoalardan biri. Biroq birinchi o‘yinda Kongoga qarshi ular «yulduzli» o‘yin ko‘rsata olmadi. Bernardu Silva, masalan, markaziy zona o‘yinchisi, ammo Portugaliyada uchlik — Vitinya, Joao Nevesh va Brunu Fernandesh harakat qiladi. Silvani zaxirada qoldirish to‘g‘ri emas. Lekin ikkinchi tomondan, u Lamin Yamal yoki Niko Uilyams kabi tezkor qanot o‘yinchisi emas. U yakkakurashlarda o‘tib ketish, uzatma berish imkoniyati yuqori bo‘lgan qanot hujumchisi emas. Shuning uchun ham u birinchi bo‘limda almashtirildi, ammo uning o‘rniga tushgan Fransishku Konseysao ham hech qanday katta ta’sir ko‘rsatmadi, faqat ortiqcha agressiya bilan ajralib turdi.

Agar Portugaliyaning har bir futbolchisini alohida ko‘rib chiqsak, ular klublarida — PSJ, APL jamoalari va boshqa klublarda yaxshi o‘ynashadi. Lekin menda terma jamoa sifatida ular birga nimadir yutuqqa erishishiga ishonch yo‘q, — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026da birinchi turda Portugaliya Kongo bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi. Ikkinchi turda portugaliyaliklar O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi, uchinchi turda esa Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 11:26, 19.06.2026.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик