«Barselona» futbolchisi Erik Garsiya jamoaning yangi a’zosi Entoni Gordon haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ko‘k-anorranglilar» ingliz futbolchisini «Nyukasl»dan sotib olishgan edi. Ushbu transfer haqida may oyining oxirida e’lon qilingandi.
«Gordon — juda tezkor o‘yinchi, u to‘xtovsiz pressing uyushtirishga qodir. Menimcha, u o‘zining fazilatlar to‘plami bilan bizda mavjud bo‘lgan futbolchilardan farq qiladi: jamoada Yamal va Rafinya kabi birga-bir vaziyatlarda o‘ynashga ixtisoslashgan vingerlar bor, Gordon esa ko‘proq bo‘sh hududlarda raqibni jazolashga moyil. Bunday mahorat bizga juda qo‘l kelishi mumkin. Pressingdagi mehnat qobiliyati ham xuddi shunday. Joriy yilda «Nyukasl»ga qarshi o‘ynaganimizda bularning barchasini yaqqol ko‘rgandik», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Entoni Gordonning transferi «Barselona»ga 80 million yevroga tushdi.













