Kirish Ro'yxatdan o'tish

Igor Ledyaxov: «O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari ayni paytda bir xil saviyada»

Igor Ledyaxov: «O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari ayni paytda bir xil saviyada»

Baho:
+ | -

Moskvaning «Spartak» klubi safida uch karra Rossiya chempioni bo‘lgan Igor Ledyaxov JCH-2026da O‘zbekiston terma jamoasining ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Birinchi turda O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

— O‘zbekiston uchun JCH-2026ga chiqishning o‘zi katta muvaffaqiyat, — dedi Ledyaxov. — Kolumbiyaga qarshi o‘yinda ular unchalik ishonchli ko‘rinmadi, ammo O‘zbekistonni hurmat qilish kerak. Chunki ular mundialga ilk bor chiqishdi.

— O‘zbekiston terma jamoasi hozir Rossiya termasidan kuchliroq degan fikrga qo‘shilasizmi?

— Menimcha, ikki jamoa taxminan bir xil saviyada. O‘zbekistonda futbol rivojlanmoqda, chunki ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Biz esa o‘z darajamizni to‘liq baholay olmayapmiz.

— O‘zbekiston terma jamoasining qaysi yulduzlari sizda yaxshi taassurot qoldirmoqda?

— Eldor Shomurodov bizda «Rostov»da o‘ynagan. Abbosbek Fayzullayev esa SSKA sharafini himoya qilgan. Lekin Rossiyada ham ulardan qolishmaydigan iqtidorli futbolchilar bor. Faqat biz ularning haqiqiy darajasini baholash imkoniyatiga ega emasmiz, — dedi Ledyaxov.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 17:15, 19.06.2026.
O'qildi: 1755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик