Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lempard «Koventri»da qoladi

Lempard «Koventri»da qoladi

Baho:
+ | -

Bosh murabbiy Frenk Lempard «Koventri» klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy pallasiga kirdi. Yangi bitim uzoq muddatga mo‘ljallanishi kutilmoqda.

Lempard 2024 yilning noyabr oyida «Koventri» boshqaruvini qo‘lga olgan edi va Chempionshipda 95 ochko bilan zafar quchib, jamoani APLga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Klub Angliya elitasida oxirgi marta 2001 yilda to‘p surgan edi.

Qayd etilishicha, ingliz mutaxassisi o‘z ishidan mamnun va allaqachon klub xo‘jayini Dag King bilan yozgi transfer oynasi rejalarini muhokama qilishni boshlab yuborgan.

Yangi mavsumning 1-turida Lempard jamoasi safarda amaldagi chempion — «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 19:04, 19.06.2026.
O'qildi: 1374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик