Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Rossiyalik jurnalist Abbosbek Fayzullayevni «PSJ» yulduzi Joau Nevesh bilan taqqosladi

Rossiyalik jurnalist Abbosbek Fayzullayevni «PSJ» yulduzi Joau Nevesh bilan taqqosladi

Baho:
+ | -

Rossiyalik jurnalist Valeriy Polevikov o‘zining «Semnadsatiy nomer» telegram kanalida O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning JCH-2026da Kolumbiya darvozasiga urgan tarixiy goli haqida fikr bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fayzullayev jahon chempionatlari tarixida bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchiga aylandi. Uning bo‘yi 167 santimetrni tashkil etadi.

«Fayzullayev jahon chempionatlari tarixida bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli futbolchi (167 sm) bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Abbosbek uchun bu odatiy holat: u faoliyati davomida bosh bilan sakkizta gol urgan, hatto bir o‘yinda dubl ham qayd etgan.

Past bo‘yli futbolchilar uchun bosh bilan gol urish qiyinroq. Ammo hamma narsa bo‘yga bog‘liq emas. Birinchi navbatda to‘g‘ri pozisiya tanlash va raqibdan oldin harakat qilish muhim. Ikkinchidan, zarbaning aniqligi va sakrovchanlik ahamiyatga ega. Masalan, Joau Nevesh ham shu jihatlari bilan ko‘p gol uradi», — deb yozdi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev Kolumbiyaga qarshi bahsda O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 00:10, 20.06.2026.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик