Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Ibragimovich AQSH terma jamoasining JCH-2026da g‘olib chiqishi mumkinligini inkor etmadi

Ibragimovich AQSH terma jamoasining JCH-2026da g‘olib chiqishi mumkinligini inkor etmadi

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich AQSH terma jamoasi JCH-2026da zafar quchishi mumkinligini taxmin qildi.

Maurisio Pochettino boshchiligidagi jamoa turnirni ikkita g‘alaba bilan boshladi — ular Paragvay (4:1) va Avstraliya (2:0) ustidan ustun kelishdi.

«Agar ilgari ishonmagan bo‘lsangiz, yana bir bor takrorlayman: ishonishni boshlang. Ularning ortida butun bir mamlakat turibdi. Bunday qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lganingda, seni mag‘lub etish qiyin kechadi. Avstraliyaga qarshi juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ammo, ochig‘ini aytganda, Avstraliya raqib uchun jiddiy xavf tug‘dira olgani yo‘q.

Jahon chempionatigacha bo‘lgan barcha voqealarning ahamiyati yo‘q. Muhimi — ayni damda nimalar sodir bo‘layotgani. Hozir jamoa katta turtki oldi va bu ular uchun juda zarur edi.

Ular o‘yindan o‘yinga o‘z ishonchlarini oshirib borishlari kerak. Pley-offga yo‘llanma olgach, ba’zi futbolchilarga dam berish imkoniyati ham tug‘iladi. Hamma narsa yaxshi ko‘rinmoqda», — dedi Zlatan Ibragimovich Fox telekanali efirida.

Kiritildi: 07:49, 20.06.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик