Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Grimaldoning «Atletiko»ga transferi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Grimaldoning «Atletiko»ga transferi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Leverkuzenning «Bayer» klubida to‘p suruvchi ispaniyalik futbolchi Alexandro Grimaldo yaqin vaqt ichida Madridning «Atletiko» klubiga ko‘chib o‘tadi.

Avvalroq «matraschilar» futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida to‘liq kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.

Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli himoyachining transferi yakuniy bosqichda turibdi. Ayni paytda klublar kelishuvning so‘nggi detallarini muhokama qilishmoqda. Tajribali futbolchining xaridi «Atletiko»ga 12 million yevroga tushadi.

Grimaldo Ispaniya top-klubi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati (opsiyasi) bo‘lgan mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Grimaldo barcha musobaqalarda jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 bor ishg‘ol etdi va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:22, 20.06.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик