Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

«Arsenal» Yildiz transferi bo‘yicha so‘rov yubordi

«Arsenal» Yildiz transferi bo‘yicha so‘rov yubordi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubining 21 yoshli vingeri Kenan Yildiz Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Tuttosport nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqinda «Arsenal» rahbariyati yozgi transfer oynasida eng xaridorgir futbolchilardan biriga aylanishi kutilayotgan Yildiz borasida yangi so‘rov yuborgan. Biroq xabarda ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi bor e’tiborini faqatgina «Yuventus»ga qaratgan, chunki u allaqachon Turin klubi loyihasining asosiy va zarur figurasiga aylanib ulgurgan.

Yakunlangan klub mavsumida Yildiz barcha turnirlarni inobatga olgan holda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta gol urdi va o‘z hisobiga 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali mutaxassislari ayni paytda turkiyalik iqtidorli futbolchining transfer bahosini 75 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 17:36, 20.06.2026.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик